Rossiyada sotiladigan gadjetlarga o‘rnatilishi shart bo‘lgan dasturlar ro‘yxati tasdiqlandi

Fan-texnika 22:54 / 07.01.2021 5657

Rossiya hukumati mamlakat hududida sotiladigan gadjetlarga o‘rnatiladigan dasturlar ro‘yxatini tasdiqladi.

 Hukumat qarori 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradi. Dasturlar Rossiya hududida sotiladigan barcha smartfonlar, kompyuterlar va "aqlli" televizorlarga o‘rnatiladi.

Bahorda mobil telefonlar va planshetlarda "Yandeks" (qidiruv tizimi, brauzer, xarita, disk), Mail.ru pochtasi, ICQ messenjeri, "Marusya" ovozli yordamchisi, OK Live videotranslatsiyalar servisi, "VKontakte", "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari, MirPay to‘lov tizimi ilovasi, davlat xizmatlari portali, matnli fayllar bilan ishlaydigan "MoyOfis Dokumenti" ilovasi, Kaspersky Internet Security, Applist.ru mahsulotlari paydo bo‘ladi.

 Bundan tashqari, kompyuterlarga "MoyOfis Standartniy. Domashnyaya versiya" paketi o‘rnatiladi.

Rossiyada sotiladigan raqamli televizorlarga "Yandeks" mahsulotlari, "aqlli" uylar uchun Wink ilovasi, IVI servisi, KinoPoisk portali ilovasi, OKKO, More.tv, START onlayn-kinoteatrlari, Perviy, NTV, PREMIER, Smotrim ilovalari yuklanadi.

YeOII a'zolari - Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston mazkur qarorni tanqid qildi. Bu mamlakatlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hujjat Jahon savdo tashkilotining xizmatlar sotish bo‘yicha bosh kelishuvi va Bojxona ittifoqining "Past voltli qurilmalar xavfsizligi to‘g‘risida"gi texnik reglamentiga zid keladi.

Ko‘proq yangiliklar: