Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
4 yanvar kuni Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud ishi davom ettirildi. Guvoh va mutaxassislarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.
O‘ninchi sud majlisida ishga guvoh va mutaxassis sifatida jalb etilgan Maftuna Ibragimova, Abdumalik Abdurahmonov, Valijon Xolmetov, Yusuf Isomov, Ravshan Qorabayev, Komiljon G‘oyibnazarov va Akbar Eshaliyevlarning ko‘rsatmalari tinglandi.
Sud majlisida guvohlarga davlat ayblovchilari va sudlanuvchilarning advokatlari savollar bilan murojaat qilishdi.
Mazkur sud majlisida sud jarayonlarini bevosita kuzatib borayotgan Kun.uz muxbiri Rahmatillo Isroilov raislik qiluvchi tomonidan protsessni yoritishda xolislikka rioya etishi lozimligi yuzasidan ogohlantirildi. Ammo raislik etuvchi ogohlantirishning aniq shartlari va sud jarayonini yoritishning cheklangan tartiblari haqida ko‘rsatma bermagan.
Sud 2021 yil 7 yanvar soat 10:00gacha tanaffus e'lon qildi.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

10:12 / 28.02.2025
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi

20:44 / 27.02.2025