Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha Peleni ortda qoldirdi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan «Udineze» (4:1) bilan bahsda dublga erishdi.
Goal'ning ma'lumotiga ko‘ra, faoliyatidagi 1032-rasmiy o‘yinini o‘tkazgan portugaliyalik futbolchi gollarini 758taga yetkazib, braziliyalik sobiq hujumchi Peleni ortda qoldirdi. Futbol qiroli 812ta rasmiy bahsda 757ta to‘p kiritgan.
Ushbu ko‘rsatkich borasida rekord 1931-1955 yillar oralig‘ida o‘ynagan chexiyalik sobiq forvard Yozef Bisanga tegishli – 759 gol.
Mavzuga oid

02:47 / 05.05.2023
«Napoli» - 33 yillik tanaffusdan so‘ng A Seriya chempioni

01:43 / 30.12.2022
«Alvido, Qirol». Pele merosi haqida

00:36 / 30.12.2022
Pele vafot etdi

13:24 / 28.12.2022