Meksika prezidenti Assanjga siyosiy boshpana berishga tayyorligini aytdi
Avvalroq London sudi Julian Assanjning hayotiga xavf paydo bo‘lishi mumkinligi bois uning AQShga ekstraditsiya qilinmasligi to‘g‘risida hukm chiqargandi.

Foto: Foto: Dominic Lipinski / PA Wire / AP
Meksika WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga siyosiy boshpana berishga tayyor. Mamlakat prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador ana shunday bayonot bilan chiqdi.
«Men tashqi ishlar vaziridan Birlashgan qirollik janob Julian Assanjni ozodlikka chiqarishi va qo‘yib yuborishi, Meksika esa unga siyosiy boshpana berishi uchun zarur amaliyotlarni boshlashini so‘ramoqchiman», — dedi Obrador.
Obrador shuningdek, London sudining Assanjni AQShga ekstraditsiya qilmaslik to‘g‘risidagi qarorini ma'qullashini aytdi.
Avvalroq London sudi Julian Assanjning hayotiga xavf paydo bo‘lishi mumkinligi bois uning AQShga ekstraditsiya qilinmasligi to‘g‘risida hukm chiqargandi.
Vestminster magistrat sudi sudyasi Vanessa Baraytserning so‘zlariga ko‘ra, AQShda bir kishilik kamerada hibsda saqlanish oqibatida Assanjning sog‘ligi jiddiy yomonlashishi mumkin.
Amerika adliya vazirligi Julian Assanjga qarshi 18ta ayblov e'lon qilgan. U mazkur ayblovlar asosida 175 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid

20:40 / 01.03.2025
AQSh Tramp talablari bajarilmasa, Meksikaga «harbiy harakatlar» bilan tahdid qildi

17:00 / 28.02.2025
Meksika narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi

23:08 / 26.02.2025
Meksikada «Yevropaning kokain qiroli» otib ketildi

20:23 / 08.02.2025