AQSh razvedkasi Eron Amerikaning Yaqin Sharqdagi kuchlariga zarba berishga tayyorlanayotganini taxmin qilmoqda

Jahon 23:50 / 30.12.2020 9940

AQSh razvedka xizmatlari Tehron Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun qasos olish maqsadida Amerikaning Yaqin Sharqdagi kuchlariga zarba berishga tayyorlanayotganini taxmin qilmoqda. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.

Telekanal manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Pentagon Eron “ushbu qotillik uchun o‘ch olmoqchi” ekanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarga ega.  

Qayd etilishicha, AQSh razvedka xizmatlari Eron Amerika kuchlari yoki Vashingtonning boshqa mamlakatlardagi ittifoqchilariga hujum uyushtirishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Manbaning aniqlik kiritishicha, bu borada “Iroq eng katta xavotir uyg‘otmoqda”.

 Telekanalning ma'lumot berishicha, aynan mana shu xavotir bois AQSh Yaqin Sharqqa B-52 strategik bombardimonchi samolyotlarini jo‘natgan.

 SeNTKOM rahbari general Frenk Makkenzining ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda amerikalik fuqarolar yoki mamlakat manfaatlariga qarshi qaratilgan “har qanday tajovuzga javob berishga tayyor”.

 Avvalroq AQSh harbiy dengiz kuchlariga qarashli atom suvosti kemasi va ikkita raketa kreyseri Fors ko‘rfaziga kirgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: