Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan transport yo‘lagini barpo etish boshlandi

Iqtisodiyot 14:55 / 29.12.2020 12521

Prezidentning ma'lum qilishicha, kelasi yilda O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi hamda tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sherikchilik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalar mustahkamlanadi.

Bundan tashqari, prezident Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashuvi va tinchlik o‘rnatilishi yo‘lida O‘zbekiston amaliy yordam berishda davom etishini ma'lum qildi.

«Biz qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik o‘rnatilishiga qat'iy ishonamiz va bu ezgu yo‘lda amaliy yordamni bundan keyin ham ayamaymiz.

Afg‘on muammosini hal etishga qaratilgan global sa'y-harakatlarga Toshkent Xalqaro konferensiyasi ham mustahkam poydevor yaratdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish borasida dastlabki amaliy qadamlarni tashladik. Bu loyihaning ro‘yobga chiqarilishi butun mintaqamizda barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga beqiyos xizmat qiladi», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Ko‘proq yangiliklar: