Eksport qiluvchilarga xorijda savdo uylari va do‘konlar ochish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

Iqtisodiyot 14:22 / 29.12.2020 3657

«Yangi eksport bozorlariga chiqish hukumatning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. Kelgusi yilda Jahon savdo tashkilotiga a'zolik masalasi hamda Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik bo‘yicha ishlarni faollashtirish lozim.

GSP+ tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda samarali qo‘llash uchun alohida dastur ishlab chiqish kerak.

O‘zbekiston yaqinda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Ushbu tashkilotga a'zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me'yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarur.

Kelgusi yilda korxonalarga xomashyo sotib olish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 100 million dollar ajratiladi. Eksport qiluvchilarga chet elda savdo uylari va do‘konlar ochish hamda reklama xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Umuman, hukumatga kelgusi yilda tovar va xizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirish vazifasi topshiriladi», deya ta'kidlagan davlat rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: