“Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida kelishuv imzolandi

Iqtisodiyot 18:28 / 24.12.2020 3319

Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3439-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki uzoq yillar davomida xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ularni mustahkamlash bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, yil yakunida mazkur sohada erishilgan yana bir yutuq – “Trastbank” va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida 30 mln. Yevro miqdorida Bosh kelishuvining imzolanishi bo‘ldi.

Avstriyaning eng yirik banklaridan biri va bank xizmatlarining faol xalqaro poydevori sanalgan Raiffeisen Bank International AG banki “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining muhim strategik sheriklaridan biri hisoblanadi. Banklar korrespondentlik aloqalari, savdo-moliya va g‘aznachilik kabi sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Tomonlar o‘rtasida imzolangan yangi kelishuv banklararo muloqotni kengaytirish bilan birga, Yevropa mamlakatlarining milliy eksport kredit agentliklari ishtirokida uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ham imkon beradi.

Bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi yetakchi xususiy banklardan biri hisoblanadi.

Murojaat uchun: Call- markaz: (+998 78) 140-00-88

Veb-sayt: www.trustbank.uz

Telegram: t.me/trustbankuz

Feysbuk: www.facebook.com/trustbank.uz

Instagram: www.instagram.com/trustbank_uz/?hl=ru

"Trastbank" matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: