Peugeot, Citroen, DS, Opel va Vauxhall brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqaruvchi PSA kompaniyasi FCA bilan birlashish haqidagi kelishuvni 2019 yil dekabrda imzolagan. 2020 yil iyunida Yevrokomissiya PSA va FCA birlashuvi natijasida Yevropaning yengil avtomobillar bozorida raqobatning sezilarli kamayishi mumkinligidan xavotirlanib, birlashuv haqidagi kelishuvni sinchkov tekshirishni boshlagan.
Kelishuvning ma'qullanishi PSA va FCA aksiyadorlarining ushbu kelishuv bo‘yicha ovoz berishiga imkon beradi. Kompaniya aksiyadorlari 4 yanvarda bu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishadi. Ularga yangi kompaniya tashkil etilishini ma'qullash taklif etiladi. PSA va FCA birlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan yangi kompaniya Stellantis deb ataladi.
Kompaniyalarning qo‘shma bayonotida ular Yevrokomissiyaning qarorini qutlashlari aytilgan. Kelishuv 2021 yilning 1-choragi oxirigacha yopilishi kutilmoqda.