Bir qator banklarda dollar olish 10 420 - 10 450 so‘mdan, sotish 10 500 so‘mdan taklif etilmoqda. So‘nggi marta banklarda dollar kursi noyabr oyida jiddiy ko‘tarilgandi (olish - 10 390 so‘m, sotish - 10 430 so‘m).
Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 15 dekabr kunidan kuchga kirdi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,05 so‘mga oshgan va bir dollar 10 463,12 so‘mni tashkil qildi.