Telegram’da global nosozlik yuz berdi. Messenjer O‘zbekistonda ham ishlamay qoldi
Telegram faoliyatida butun dunyo bo‘yicha nosozlik yuz berdi. Buni Downdetector servisi ma'lumotlari tasdiqlamoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 18:15da messenjer ishlashidagi uzilishlar boshlandi. Bunday muammolar haqida Rossiya, Belarus, Ukraina, Yaqin Sharq mamlakatlari va Yevropadagi foydalanuvchilar ham boshqa tarmoqlarda xabar berishgan. Foydalanuvchilarning aksar qismi messenjerga umuman ulana olmagan, bir qismi esa xabarlar yubora olmay qolishganidan shikoyat qilishgan.
Telegram o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar berib, foydalanuvchilardan uzr so‘radi hamda muammoni bartaraf etish ustida ish ketayotganligini ma'lum qildi.
O‘zbekistonda soat 18:49dan boshlab messenjer faoliyati tiklandi.
16 dekabr tongida ham foydalanuvchilar Telegramdan foydalanishda muammolar kuzatilayotgani haqida xabar berishgan, ammo nosozlik tezda bartaraf etilgandi.
Mavzuga oid

20:30 / 10.03.2025
Checheniston rasmiylari Telegramʼni blokdan chiqarishga chaqirdi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

01:05 / 06.02.2025