Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilarga eslatma: 1 yanvardan kunduzi chiroq yoqmay harakatlanish jarimaga sabab bo‘ladi
Hukumatning bu haqdagi qarori 2019 yil aprelida qabul qilinib, e'tirozlardan keyin undagi talab kuchga kirishi 2021 yil 1 yanvarga surilgan edi. Jarima miqdori 111 500 so‘mdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan, Yo‘l harakati qoidalarining 138-bandiga o‘zgartirish kiritilib, kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerakligi belgilangan edi.
O‘sha vaqtda jamoatchilikda paydo bo‘lgan keskin noroziliklar hisobga olinib, majburiy qoidaning amal qilishi 2021 yil 1 yanvarga qadar to‘xtatib turilgan edi.
Ya'ni ushbu talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangandi.
Bundan tashqari, mazkur qaror bilan:
- 2020 yil 1 yanvardan mamlakatda ishlab chiqariladigan barcha avtomototransport vositalari ichki bozorga ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlangan holda chiqarilishi;
- Respublikaga chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarining avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmasligi kabi choralar belgilangan.
2021 yilning 1 yanvaridan boshlab, sutkaning har qanday vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar jarimaga tortiladi.
MJtKning 128-moddasiga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda 111 500 so‘m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so‘m, bir yil ichida 3-marta sodir etilsa 669 ming so‘m jarima solinadi. 1 yil ichida 3 martadan ko‘p sodir etilganda haydovchi 892 ming so‘m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oyga mahrum etish bilan jazolanadi.
Ayni paytda Rasul Kusherbayev doxil bir guruh deputatlar bu tartibni bekor qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va Ichki ishlar vazirligiga so‘rov kiritgan. Ular kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talabni avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etmaslikni so‘ramoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor
Jamiyat | 13:31
-
Fransiya: YeI Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni tayyorlamoqda
Jahon | 13:26
-
Xarkivda bir sutka ichida dronlar hujumidan 82 kishi jabrlandi
Jahon | 13:19
-
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18
Mavzuga oid

19:07 / 01.07.2025
YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart

14:16 / 25.06.2025
Haydovchi mashinani qulflaganidan keyin oynaning ko‘tarilishi bolaning bo‘ynidan qisib qoldi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

21:28 / 22.05.2025