Bosniya va Hersegovina hukumati vakillari Lavrov bilan uchrashishdan bosh tortishdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri 15 dekabr kuni Bosniya va Hersegovina prezidumi vakillari Milorad Dodik, Shefik Jaferovich va Jyelko Komshich bilan uchrashuv o‘tkazishi belgilangandi.

Foto: Kommersant'
Bosniya va Hersegovina hukumati vakillari mamlakatga tashrif bilan kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashishdan bosh tortishdi.
Qayd etilishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri 15 dekabr kuni Bosniya va Hersegovina prezidumi vakillari Milorad Dodik, Shefik Jaferovich va Jyelko Komshich bilan uchrashuv o‘tkazishi belgilangandi. Ammo Jaferovich va Komshich u bilan uchrashishni istamagan.
Ular ushbu qaror bo‘yicha bergan rasmiy izohlarida Lavrovning 14 dekabr kuni Deyton kelishuvi bo‘yicha aytgan qator so‘zlariga qo‘shilmasliklarini bildirishgan. Prezidium a'zolarining so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik vazirning aytgan gaplari Bosniya va Hersegovina pozitsiyasiga mutlaqo ziddir.
Lavrov 14 dekabr kuni Bosniya va Hersegovina prezidiumining serb a'zosi Milorad Dodik bilan uchrashuv yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ayrim g‘arb davlatlari Deyton kelishuvini buzishga urinayotgani, bu jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytgandi. Uning ta'kidlashicha, mamlakatda yuzaga kelgan barcha muammolar ushbu kelishuvga muvofiq va tashqaridan hech kimning aralashuvisiz hal qilinishi lozim.
Deyton kelishuvi 1995 yil noyabrda Deyton shahri yaqinidagi Amerika harbiy bazasida imzolangan hamda Bosniya va Hersegovinadagi fuqarolar urushiga chek qo‘ygan.
Mavzuga oid

20:08 / 06.03.2025
Moskvadagilar Emmanuel Makronga javob qaytardi

21:15 / 26.02.2025
Lavrov mojaroni front chizig‘i bo‘yicha muzlatish imkonsizligini aytdi

10:16 / 19.02.2025
Ar-Riyodda AQSh va Rossiya muzokaralari o‘tkazildi. Asosiy ma’lumotlar

19:52 / 17.02.2025