AQSh Sudanni terrorchilikka homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Foto: Reuters
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Sudanni terrorchilikka homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqaruvchi hujjatni imzoladi. Avvalroq Sudan terrorchilik hujumlari qurbonlari bo‘lgan amerikaliklar va ularning oilalariga 335 mln dollar kompensatsiya to‘lab bergandi.
AQShning Sudan poytaxti Xartumdagi elchixonasida ma'lum qilinishicha, hujjat 14 dekabrdan kuchga kirgan.
Sudan xalqaro terrorchi tashkilotlar bilan aloqalari uchun 1993 yildan AQShning terrorchilikka homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatida bo‘lgan. Shuningdek, Vashington Sudanni 1998 yilda AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarida portlashlar tashkillashtirishda “Al-Qoida”ga yordam berishda ayblagan. Bu hujumlar oqibatida 20dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.
AQShning terrorchilikka homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga Eron, Suriya va Shimoliy Koreya ham kiritilgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp teraktlar qurbonlari oilalariga 335 million dollar kompensatsiya to‘langanidan so‘ng Sudanni yuqorida tilga olingan ro‘yxatdan chiqarishga va'da bergandi.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025