Moliya vazirligi 2020 yilning III choragida O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat ichki qarzi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra yil boshidan 0,2 mlrd. AQSh dollariga oshib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga qoldig‘i 2,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.
Shundan:
– hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz (Davlat qimmatli qog‘ozlari) – 0,4 mlrd. dollar;
– hukumat kafolatlagan ichki qarz –1,9 mlrd. dollar.
Sharhda davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha ham ma'lumotlar keltirilgan.
2019 yilda muomala davri qisqa va o‘rta muddatli bo‘lgan umumiy qiymati 1 550,0 mlrd. so‘m miqdoridagi davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) 15 ta elektron auksion savdolarini o‘tkazish orqali joylashtirilgan bo‘lsa, 2020 yilning 9 oyi davomida o‘tkazilgan elektron auksionlar orqali umumiy qiymati 4 194,8 mlrd. so‘mga teng davlat qimmatli qog‘ozlari joylashtirildi.