YeChL. «Real», «Atletiko», «Atalanta» va «Borussiya» M 1/8 finalda, «Inter» guruhda qolib ketdi

Sport 03:14 / 10.12.2020 8815

Chempionlar Ligasida guruh bosqichi bahslariga yakun yasaldi.

A guruhida «Atletiko» safarda «Zalsburg»dan ustun kelib, 1/8 finalga chiqdi. Pley-offga ikki tur avval chiqib bo‘lgan «Bavariya» «Lokomotiv»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

V guruhida 6-tur oldidan uchinchi pog‘onani egallab turgan «Real» Benzemaning dubli evaziga «Borussiya» Myonxengladbaxni taslim etib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. «Inter» esa «Shaxtyor» darvozasiga yo‘l topa olmay, so‘nggi o‘rinda qolib ketdi. Ukraina klubi ishtirokini Yevropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Barcha masala deyarli hal bo‘lgan S guruhida «Portu» va «Manchester Siti» navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

D guruhida 1-o‘rinni hal qilgan «Liverpul» Daniyada durang qayd etdi.«Ayaks» esa g‘alaba kerak bo‘lgan bahsda «Atalanta»ga yutqazib, Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi.

YeChL, 6-tur, 9 dekabr

A guruhi 

Zalsburg – Atletiko 0:2
Gollar: Ermoso (39), Karrasko (86).
Zalsburg – Stankovich, Ulmer, Veber (Ongyuen, 90+1), Kristensen, Ramalo, Mvepu (Suchich, 90+1), Yunuzovich, Soboslai (Okugava, 90+1), Koyta (Adeyyemi, 79), Daka (Okafor, 73), Berisha. 
Atletiko – Oblak, Ermoso, Felipe, Savich, Tripper, Saul (Errera, 64), Karrasko (Lemar, 89), Lorente (Lodi, 90+1), Koke, Felish (Torreyra, 89), Suares (Korrea, 65).

Bavariya – Lokomotiv M 2:0
Gollar: Zyule (63), Shupo-Moting (80).
Bavariya – Noyyer, Zyule, Devis (Ernandes, 69), Boateng (Richards, 69), Sarr, Sane (Shtiller, 85), Roka, Myuller (Gnabri, 46), Kosta, Shupo-Moting, Goretska (Musiala, 61).
Lokomotiv – Gilerme, Magkeyev, Raykovich, Chorluka, Ignatev, Kamano (Iosifov, 76), Miranchuk, Jivoglyadov, Ribchinskiy (Silyanov, 88), Ribus, Eder. 

V guruhi

Real – Borussiya M 2:0
Gollar: Benzema (9, 32).
Real – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Vinisius (Asensio, 74), Modrich, Rodrigo (Arribas, 74), Benzema. 
Borussiya M – Zommer, Elvedi, Layner, Ginter, Vendt (Lazaro, 46), Noyhaus, Kramer (Benesh, 85), Shtindl (Volf, 85), Embolo (Zakariya, 46), Plea, Tyuram (Herrmann, 85). 

Inter – Shaxtyor 0:0
Inter – Handanovich, Yang (Perishich, 68), Bastoni (D'Ambrozio, 86), Shkrinyar, Hakimi (Darmian, 86), Barella, Galyardini (Sanches, 78), Brozovich, de Vrey, Martines (Eriksen, 86), Lukaku. 
Shaxtyor – Trubin, Vitao (Xocholava, 36), Matviyenko, Dodo, Bondar, Tete (Solomon, 65), Kovalenko, Marlos (Patrik, 64), Stepanenko, Tayson (Dentino, 87), Maykon.

S guruhi

Manchester Siti – Marsel 3:0
Gollar: Torres (48), Aguero (77), Sterling (90).
Manchester Siti – Steffen, Garsiya (Stounz, 28), Uoker, Laport, Ake, Fernandino, Gundo‘g‘an (Sterling, 46), Mahrez (Aguero, 66), Foden, Torres, Silva. 
Marsel – Mandanda, Gonsales, Nagatomo, Balerdi, Kamara (Ronjye, 67), Payyet (Kyuizans, 67), Guyye (Strotman, 75), Toven (Ake, 75), Sanson, Sakai, Jyermen (Benedetto, 76). 

Olimpiakos – Portu 0:2
Gollar: Otavio (10, penalti), Uribe (77).
Olimpiakos – Joze Sa, Rafinya, Xolebas, Ruben Semedu, Sisse, Buxalakis, Kamara (Fortunis, 35), Masuras (Ranjyelovich, 46), Mvila, Vrusay (El-Sudani, 73), El-Arabi (Ba, 81). 
Portu – Koshta, Sanusi, Nanu, Mbemba, Leyte, Gruyich, Baru (Uribe, 64), Mariu (Korona, 72), Otavio (Sarr, 80), Anderson (Dias, 63), Martines (Evanilson, 80).
Chetlatish: Semedu (79).

D guruhi

Ayaks – Atalanta 0:1
Gol: Muriel (85).
Ayaks – Onana, Mazraui, Martines (Timber 90+2, Alvares 90+5), Talyafiko (Huntelar, 64), Shyurs, Klassen, Labyad (Ekkelenkamp, 63), Antoni, Gravenberx, Tadich, Brobbey (Promes, 46). 
Atalanta – Gollini, Gozens (Palomino, 79), Romero, Gimshiti, Hatebur, Pessina, Froyler, Gomes, de Ron, Toloi, Sapata (Muriel, 79).
Chetlatish: Gravenberx (79).

Midtyulland – Liverpul 1:1
Gollar: Shols (62) – Saloh (1).
Midtyulland – Hansen, Shols, Svyatchenko, Kols, Paulino Silva, Kayuste, Evander (Madsen, 90), Oneka (Isaksen, 63), Mabil (Anderson, 64), Dreyyer (Sisto, 76), Kaba (Preyfer, 90).
Liverpul – Kelleher, Uilyams, Aleksander-Arnold, Tsimikas (Roberson, 61), Fabino (Kumetio, 46), Minamino, Klarkson, Saloh, Keyta (Henderson, 61), Jota (Mane, 87), Origi (Firmino, 71).

Ko‘proq yangiliklar: