Markaziy bank xabariga ko‘ra, yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Markaziy bank boshqaruvi 22 oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
Markaziy bank inflatsiyaning yil yakuni bo‘yicha prognozini yillik 11-12,5 foiz darajasida saqlab qolgani va hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishi aytilgan.
«Asosiy stavka bo‘yicha kelgusidagi qarorlar inflatsiyaning joriy va prognoz dinamikasining shakllanishi, shuningdek ichki va tashqi xatarlarni baholash asosida qabul qilinadi», deyilgan Markaziy bank xabarida.