Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Iqtisodiyot 18:04 / 09.12.2020 2073

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabarida aytilishicha, qarorga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimi takomillashtiriladi

Jumladan:

korxona faoliyati samaradorligini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘shimcha tarzda sof tushum va sof foyda prognozi, tannarxni kamaytirish, chet el valutasiga bo‘lgan mustaqillik, mahalliylashtirish va investitsiya dasturlarining hamda eksport hajmining bajarilishi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va energiya samaradorligi kabi muhim ko‘rsatkichlar (SMK) joriy etiladi;

SMKning salmoq o‘lchovlari qat'iy belgilanadi;

SMK natijalari agentlik veb-saytida joylashtirilmagan yoki "qoniqarsiz" yoxud "past" bo‘lganda ijro organi rag‘batlantirilmaydi;

SMK "yuqori" bo‘lgan korxona va banklar rahbarlariga yil yakuni bo‘yicha sof foydadan 5 foizgacha bo‘lgan miqdorda bir martalik bonus berilishi mumkin;
     
moliyaviy hisobotlarni shakllantirish va topshirish muddatidan qat'iy nazar, davlat ishtirokidagi korxonalar har chorakda SMKni hisoblaydi va e'lon qiladi.
    
Ikki oy muddatda energiya sig‘imi va energiya samaradorligiga oid boshqa indikatorlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2021 yil 1 fevralga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushini, ularning YaIM, eksport hajmlari, asosiy kapitalga investitsiyalar shakllanishi, ishlab chiqarishdagi va aholi bandligidagi ulushlarini hisoblash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2021 yil 1 martga qadar davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan ilg‘or xalqaro tajriba va standartlar asosida korxona faoliyati davomiyligini (business continuity) ta'minlashga qaratilgan hujjatlar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: