Oliy sud sudyasi Navoiy viloyati ma'muriy sudi raisi etib tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoyishiga muvofiq Akmal Murodov Navoiy viloyati ma'muriy sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Akmal Murodov 2006-2008 yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi sudyasi, 2008-2017 yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudining sudyasi, 2017 yildan buyon bugunga qadar O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tayinlov munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov hamda viloyatdagi huquq-tartibot organlarining mas'ul rahbarlari ishtirok etdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

18:13 / 13.02.2025
Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

18:53 / 04.02.2025