SSV: Toshkentda yana uchta tibbiyot muassasasi odatiy ish faoliyatiga qaytdi
O‘zbekistonda koronavirus xavfining nisbatan kamaygani, kasallikka chalingan bemorlar soni sezilardi darajada qisqargani sabab infeksiyani davolash bilan shug‘ullanayotgan bir necha shifoxonalar odatiy ish rejimiga qaytib, boshqa turdagi bemorlarni qabul qila boshlamoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, yana uchta shifoxona: Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettirishi belgilab berildi.
«Ushbu shifoxonalar joriy yilning 2 dekabridan boshlab koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishni to‘xtatadi, kasalxonalardagi davolanish davom ettirilishi talab etiladigan bemorlar tegishliligi bo‘yicha 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ko‘chiriladi.
Bemorlar chiqarilgandan so‘ng muassasa binosi o‘rnatilgan tartibda zararsizlantiriladi va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilib, mavjud tibbiy jihozlar konservatsiya qilinadi. Infeksiyani davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalari zaxira sifatida saqlanadi», deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid

16:43 / 12.03.2025
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amaliyotida qo‘llashga ruxsat beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi

20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi

23:20 / 11.05.2021
SSV: O‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan tibbiyot xodimlari vazifasidan ozod etildi

18:59 / 04.05.2021