Moderna o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi 100 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini ma'lum qildi

Jahon 17:40 / 30.11.2020 6004

AQShning Moderna kompaniyasi ishlab chiqqan mRNA-1273 koronavirusga qarshi vaksinasi kasallikning og‘ir shaklida 100 foiz samaradorlik ko‘rsatdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilinmoqda.

Xabarda aytilishicha, qolgan holatlarda vaksinaning samaradorligi 94,1 foizni tashkil etgan.

 Kompaniya avvalroq o‘z vaksinasi narxini ma'lum qilgandi.

 Moderna rahbari Stefan Banselning ta'kidlashicha, kompaniya xaridor davlatlardan bir doza vaksina uchun 25 dollardan 37 dollargacha so‘raydi.

 16 noyabrda Moderna koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi 30 ming kishi ishtirokida sinovlarning 3-bosqichidan o‘tgani va 94,5 foizlik samaradorlik ko‘rsatganini xabar qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: