Jahon | 18:52 / 30.11.2020
7291
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti Putindan Ozarboyjondagi asirlarni qaytarishda yordam so‘radi

Sarkisyanning maktubida qayd etilishicha, «arman jamoatchiligi va diasporasi Ozarboyjondagi asir askarlar va tinch aholining holatidan chuqur tashvishda».

Foto: TASS

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Ozarboyjondagi harbiy asirlarni mamlakatga qaytarishda yordam so‘radi. Bu haqda Armaniston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Sarkisyanning maktubida qayd etilishicha, «arman jamoatchiligi va diasporasi Ozarboyjondagi asir askarlar va tinch aholining holatidan chuqur tashvishda».

 «Rossiya prezidentining vositachiligi harbiy asirlarimiz, tinch aholi hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarishdek og‘riqli muammoning hal qilinishida ulkan yordam bo‘ladi», — deyiladi Armaniston prezidentining murojaatida.

 Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida sentyabr oxirlarida harbiy to‘qnashuvlar boshlangandi. Tomonlar uch marta sulh tuzishga kelishib oldi, ammo bu kelishuvlarga amal qilinmadi.

 9 noyabrda Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya rahbarlari Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bayonot imzoladi. 

 Unga ko‘ra, Armaniston va Ozarboyjon egallab turgan joylarida qoladi. Tog‘li Qorabog‘ning bir qismi Ozarboyjon ixtiyoriga o‘tadi.  

Mavzuga oid