Ozarboyjon Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi qarorini tan olmadi

Jahon 15:53 / 26.11.2020 5601

“Avvalo shuni ta'kidlashni istardimki, ushbu rezolyutsiya Ozarboyjon uchun oddiy qog‘ozdan boshqa narsa emas. Tor siyosiy ambitsiyalar uchun qabul qilingan ushbu hujjat xalqaro huquq, BMT nizomi va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qarorlarining qo‘pol ravishda buzilishidan tashqari, Fransiyaning Minsk guruhi hamraisi va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi sifatida niyatlari va xolis faoliyati to‘g‘risida jiddiy savollar tug‘diradi”, – dedi Xajiyev.

“Senatning bunday tashviqotli qadami Fransiya siyosiy doiralari an'anaviy xurofotlarining yaqqol namunasidir”, – dedi u.

Fransiya Senati chorshanba kuni hukumatni TQRni tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. Hujjatni qo‘llab-quvvatlash uchun 305 senator ovoz bergan bo‘lib, faqatgina bir senator ushbu rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamagan.

Ko‘proq yangiliklar: