BAA kompaniyasi Dubay va Tel-Aviv o‘rtasida tijorat reyslarini boshladi
Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi munosabatlar normallashganidan so‘ng Dubay va Tel-Aviv o‘rtasida muntazam tijorat reyslari yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Getty Images
Birlashgan Arab Amirliklarining Flydubai kompaniyasiga tegishli samolyot Dubay va Tel-Aviv o‘rtasidagi muntazam parvozlar doirasida Ben Hurion aeroportiga qo‘ndi.
Ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Tel-Aviv va Dubay o‘rtasida tijorat reyslari boshlangan kunni "tarixiy kun" deb atadi.
Netanyaxu Tel-Aviv va Dubay o‘rtasida muntazam parvozlarning boshlanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga hissa qo‘shishini ta'kidlab, BAA va Isroil o‘rtasida imzolangan shartnomaga binoan har ikki mamlakat fuqarolari bir-biriga vizasiz tashrif buyurishlari mumkinligini eslatdi.
Isroil BAAni "yashil hudud" deb e'lon qilganligi sababli bu mamlakatdan kelganlarga karantin qoidalari qo‘llanilmaydi.
Flydubai Dubay va Tel-Aviv o‘rtasida kuniga ikki marta parvoz qiladi.
Isroil va BAA 15 sentyabr kuni munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.
Mavzuga oid

09:07 / 10.05.2025
Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

03:00 / 08.05.2025
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi

19:01 / 07.05.2025