Yaponiyada fuqarolarga elektromobil sotib olish uchun beriladigan pul miqdori ikki baravarga oshiriladi

Jahon 21:27 / 25.11.2020 6015

Yaponiya hukumati fuqarolarga elektromobil sotib olish uchun hozirgidan ikki baravar ko‘proq pul berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NHK World Japan nashri xabar berdi.

Hozirda hukumat elektromobil sotib olish uchun 400 ming iyen (3,8 ming dollar atrofida) pul bermoqda. Kelgusi yildan esa ushbu mablag‘ miqdorini ikki baravarga oshirish (7,6 ming dollargacha) ko‘zda tutilmoqda.

Elektromobillarni quvvatlantirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari, masalan, quyosh batareyalari bilan jihozlangan uy va ofislardan foydalaniladi.

Nashrning yozishicha, xususiy uylarda qayta tiklanadigan energiya manbalari narxi an'anaviy energiya narxi bilan bir xil (yoki 20-30 foizga qimmatroq). Mazkur chora ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

 Ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada o‘tgan yili 20 ming donaga yaqin elektromobil sotilgan.

Avvalroq Fransiya hukumati foydalanilgan elektromobillarni sotib oluvchi fuqarolarga ming yevrodan pul ajratishini ma'lum qilgandi. Mamlakatda yangi elektromobillar uchun yetti ming yevro subsidiya beriladi. Fransiya joriy yilda 100 ming dona elektromobil sotishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: