Singapurda ikki haftadan buyon koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilmadi

Jahon 15:40 / 25.11.2020 2168

Singapurda 15 kundan buyon mahalliy aholi orasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar qayd etilmadi. Bu haqda Straits Times gazetasi xabar bermoqda.

Bu pandemiya boshlanganidan beri singapurliklar orasida kasallikka chalinish holatlari qayd etilmagan eng uzoq davr hisoblanadi.

 Shu bilan birga, chorshanba kuni Singapurga boshqa mamlakatlardan kelganlar orasida yettita yangi holat aniqlangan. 

 Singapurda pandemiya boshlanganidan buyon 58 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 28 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 37 kishi davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: