Ekvador ichki ishlar vaziri politsiyaning namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonligidan so‘ng iste'foga chiqarildi

Jahon 17:04 / 25.11.2020 2148

Ekvador ichki ishlar vaziri Mariya Romo politsiyaning hukumatga qarshi namoyishlarga keskin munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Ekvador kongressi deputatlari Romoning iste'foga chiqarilishini ko‘pchilik ovoz bilan ma'qullagan.

“Men fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va tinchlikni saqlash bo‘yicha burchimni qonuniy va konstitutsiyaviy majburiyatlar doirasida bajardim”, – dedi Mariya Romo ushbu qarorni izohlar ekan.

Romo 2019 yil 16 oktyabrda mamlakatda yonilg‘i subsidiyalari olib tashlanishi bilan bog‘liq 11 kunlik hukumatga qarshi norozilik namoyishlari paytida politsiyaga foydalanish muddati tugagan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ballonlaridan foydalanishga ruxsat berganlikda ayblangan.

Namoyishlar davomida 1330 kishi hibsga olingan, ulardan 57 nafari chet el fuqarolari bo‘lib, 6 kishi halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: