Tesla kapitallashuvi 500 milliard dollardan oshdi

Jahon 21:51 / 24.11.2020 3727

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tesla aksiyalari 2,96 foizga qimmatlashib, 537,31 dollarga yetgan. Natijada kompaniya kapitallashuvi 509 mlrd dollarga yetdi. Kompaniya aksiyalari Wedbush kompaniyasi tahlilchisi ularning narxi 1 ming dollargacha yetishi mumkinligini aytgandan keyin qimmatlasha boshlagan

Avvalroq Tesla aksiyalari dekabrda S&P 500 indeksiga kiritilishi e'lon qilingandi. Noyabr boshidan beri kompaniya aksiyalari 38 foizga, ya'ni 388 dollardan to hozirgi qiymatigacha oshdi. 

Buning natijasida Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati Bloomberg Billionaires Index’da Microsoft asoschisi Bill Geytsdan o‘zib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hozirda Maskning boyligi 127,9 mlrd dollarga, Geytsniki esa 127,7 mlrd dollarga baholanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: