Ikki yildirki respublikamizdagi taniqli va yirik klinikalardan biri AKFA Medline tibbiyot markazida yurak nuqsoni bor chaqaloqlardan to 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bu darddan xalos bo‘lishiga qaratilgan “SeN YaShAYSAN” nomli xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.
Klinikaning 3 yilligi munosabati bilan yuqori malakali kardiojarrohlar kam ta'minlangan oilalardan 10 nafar tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsoni bor bolajonlarga bepul jarrohlik amaliyoti bajarilishini ma'lum qilmoqdalar.
Bemor bolalarni saralash - 23 noyabrdan 30 noyabrgacha bepul konsultatsiya orqali bo‘lib o‘tadi. Tanlov xulosasidan so‘ng saralangan 10 nafar omadli bolajonlar uchun keyingi barcha tadqiqotlar, tahlillar va jarrohlik muolajalari AKFA Medline klinikasi tomonidan amalga oshiriladi.
“SeN YaShAYSAN” kabi aksiyalarni o‘tkazish AKFA Medline klinikasining faxrlansa arzigulik an'analaridan biri. Jajji yurakchalarning shifo topishida yordam berish millionlab yuraklarning hayotga umid bilan qarash olovini alangalatish demakdir!
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
To‘liq ma'lumot uchun 1141 yoki 71 2033003 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Bu muhim: Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday aksiyalar doirasida juda ko‘p murojaatlar bo‘ladi va hammani bu loyiha bo‘yicha operatsiya qilish iloji yo‘q. Klinika o‘z imkoniyatlariga ko‘ra joriy yil faqat 10 nafar bolani aksiya doirasida operatsiya qilishni rejalashtirgan va kelgusi yillarda bu ko‘rsatkichni oshirib borishni mo‘ljallamoqda. Muddatdan kechikib qilingan murojaatlar o‘rganilmasligi va operatsiya uchun tanlab olinmagan bolalar oilasiga buning sabablari tushuntirilmasligini to‘g‘ri qabul qilishlaringizni so‘raymiz!
AKFA Medline
Facebook: https://www.facebook.com/akfamedline/
Instagram: https://www.instagram.com/akfamedline/
Telegram: https://t.me/akfamedline_uz