Britaniyada Huawei texnologiyalaridan foydalanganlik uchun jarima joriy etiladi

Fan-texnika 15:09 / 24.11.2020 2417

Buyuk Britaniya hukumati Xitoyning Huawei kompaniyasini mamlakat hududida 5G tarmoqlari barpo etishdan chetlashtirgach, ushbu taqiqqa amal qilinmaganligi uchun yirik miqdorda jarimalar joriy etishni ko‘zlamoqda.  

 Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, 5G tarmoqlari qurishda Huawei qurilmalaridan foydalanganlik uchun aylanma mablag‘ning o‘n foizigacha miqdorda yoki kuniga 113 ming yevro jarima belgilanishi ko‘zda tutilgan. Hukumatning qayd etishicha, bu chora Buyuk Britaniyani ehtimoliy kiberhujumlardan himoya qilishga yordam beradi.

 Huawei Londonning bu harakatiga e'tiroz bildirdi.

 "Bu qaror siyosiy tusga ega va xatarlarni odilona baholashga asoslanmagan", - dedi kompaniya vitse-prezidenti Viktor Chjan.  

 Buyuk Britaniya Yevropadagi mamlakatlar orasida birinchilardan bo‘lib 5G tarmoqlarida Huawei texnologiyalaridan foydalanishni taqiqlagandi. Yaqinda Shvetsiya ham ana shunday qaror qabul qildi.

 AQSh Huawei josuslik bilan shug‘ullanadi degan fikrda. Xitoy kompaniyasi esa bu ayblovni rad etib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: