Turkmanistonda katta yoshlilarning harakatlanishiga cheklov o‘rnatildi

Jahon 19:07 / 23.11.2020 6928

Turkmaniston hukumati o‘tkir yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida fuqarolarning maqsadsiz harakatlanishini tartibga solishga qaror qildi, deb xabar berdi ORIENT axborot agentligi.

Xabarda aytilishicha, yoshi 50dan oshganlarning shaharlararo va viloyatlararo yo‘nalishlarda harakatlanishi cheklandi. Shuningdek, yoshi 50dan oshgan xodimlarning boshqa hududlarga xizmat safariga yuborilishi taqiqlandi.

Mamlakatda profilaktika maqsadida niqob taqish rejimi joriy etilgan.

 Xalqaro aviaqatnovlar, yo‘lovchi poyezdlari va shaharlararo avtobuslar harakati yil oxiriga qadar to‘xtatilgan, masjid va cherkovlar, savdo markazlari madaniyat va maishiy xizmat muassasalari yopilgan.

Turkmanistonda koronavirus yuqtirish holatlari rasman qayd etilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: