Endi prokuratura xodimlari har uch yilda bir marotaba malaka oshiradi

O‘zbekiston 18:07 / 23.11.2020 5018

“Prokuratura organlarining ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadigan akademiyaning shiori «Qonunga xizmat qilishi yo‘lida o‘qitish va ta'lim olish». Sohada avval bu kabi xodimlarni malakasini oshirish va kasbga o‘qitish tizimi bo‘lmagan”, – deydi akademiya boshlig‘i Yevgeniy Kolenko.

Yevgeniy Kolenko

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, muassasada asosiy ish joyidan ajralmagan yoki qisman ajralgan holda ta'lim olishga mo‘ljallangan «ProAcademy» axborot-ta'lim elektron portali ishga tushirilib, unda hozirgacha 5 100 nafar xodim o‘qitilgan.

Shuningdek, yangi malaka oshirish tartibiga ko‘ra, endi prokuratura organlarining har bir xodimi uch yilda kamida bir marta, davomiyligi bir oydan kam bo‘lmagan malaka oshirish kursida tahsil oladi. O‘tgan davr mobaynida huquqni muhofaza qilish va davlat organlarininng 6 000 nafarga yaqin xizmatchilari akademiyada tahsil oldi.

“Avval malaka oshirish bo‘yicha bunday tizim bo‘lmagan, har bir viloyat prokurori qaysi xodim malaka oshirishini o‘zi hal qilgan. Ba'zi xodimlar ancha yillar davomida umuman malaka oshirishga ham, o‘z ustida ishlashga ham jalb qilinmagan” – deydi akademiya boshlig‘i.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab akademiyada «Prokurorlik faoliyati» va «Tergov faoliyati» va «Korrupsiyaga qarshi kurashish» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash boshlandi.

Bundan tashqari, akademiyada prokuratura organlariga ishga qabul qilinayotgan yoshlar 6 oylik “Kasbga tayyorlov” kurslarini o‘taydi.

Shuningdek, akademiyada uch mutaxassislik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: