Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Andijonda maktab o‘quvchilari sovuq havoda ustki kiyimsiz bayroq hilpiratishga olib chiqildi
Ijtimoiy tarmoqlarda, havo sovuqligiga qaramay, qalin ustki kiyimsiz ochiq joyda saflantirib qo‘yilgan maktab o‘quvchilari surati tarqaldi.

Foto: t.me/nozimsafari
Suratlarda bolalar qo‘liga bayroqlar tutqazib qo‘yilgani, ular ikki tomondan saf tortib hosil qilgan yo‘lakdan bir erkak va ayol muassasaga kirib kelayotganini ko‘rish mumkin. Suratlarda bolalardan tashqari ko‘ringan odamlarning barchasi – kurtka va paltoda.
Bloger Otabek Artikovning yozishicha, surat 18 noyabr kuni Andijon shahridagi 43-maktabda olingani aytilmoqda. Bloger Nozim Safarovga ko‘ra, bu holat targ‘ibot tadbiri vaqtida kuzatilgan.
Andijon viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi ishchi guruh tuzgan holda holat o‘rganilayotganini xabar qildi.

Otabek Artikov suratni e'lon qilgach, ertasiga unga 43-maktab vakillari bog‘lanishganini ma'lum qildi. U taqdim etgan Telegram'dagi yozishma skrinshotidan ko‘rinishicha, maktab vakili o‘quvchilar «soatlab sovuqda turmagani», «rasmga tushish uchun 2 minutga chiqishgani», tadbir esa «aslida ichkarida o‘tkazilgani»ni blogerga yozib yuborgan.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonda hafta o‘rtasidan buyon izg‘irinli sovuq havo hukm surmoqda. «O‘zgidromet» kelasi haftadan boshlab havo iliy boshlashini prognoz qilgan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat yil boshida Farg‘ona viloyati So‘x tumani Cho‘ng‘ara qishlog‘ida ham kuzatilgandi. Viloyatning o‘sha vaqtdagi hokimi Shuhrat G‘aniyevni non ko‘targan holda kutib olish uchun chiqarilgan o‘quvchi qiz yanvar oyi bo‘lishiga qaramay qalin ustki kiyimsiz, milliy libosda bo‘lgani tanqidlarga sabab bo‘lgan edi.
Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati qizcha «atigi 1–2 daqiqaga» hovliga chiqqanini aytgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

11:50 / 14.07.2025
Gazballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

18:19 / 08.07.2025
Andijonda xizmat vaqtida pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

10:11 / 05.07.2025