«Rossiyadagi mehnat muhojirlarimiz huquqini himoyalovchi tizim haligacha yo‘q» - Senat

O‘zbekiston 20:35 / 20.11.2020 4836

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari masalasida yuborilgan parlament so‘roviga hukumatning javobi muhokama qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Senatning xalqaro munosabatlarga mas'ul qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimovning aytishicha, so‘rovga mazmunan va asosiy hajmda javoblar berilgan bo‘lsa-da, bir qator muammo va kamchiliklar yetarli yoritilmagan.

Unga ko‘ra:

  • mehnat migratsiyasiga oid hukumatlararo bitimlarning Rossiya hududida amal qilishini ta'minlash bo‘yicha qilingan ishlar aniq bayon etilmagan;
  • haligacha Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qiluvchi tizim yo‘q;
  • fuqarolarni Rossiyada ishlash uchun tashkiliy asosda yuborish darajasi nihoyatda past; bu esa ularning huquqlari himoyasini ta'minlashga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda;
  • Patent, tibbiy ko‘rik, rus tili imtihoni va boshqa masalalarga yechim haligacha ko‘rib chiqish jarayonida qolmoqda;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Rossiya tomoni bilan imzolayotgan turli kelishuvlari amalda fuqarolar muammolarini hal etmayapti.

 

Ko‘proq yangiliklar: