Noyabr oxirida Yerga 17,4 milliard dollarlik asteroid yaqinlashadi

Jahon 10:28 / 20.11.2020 14606

Noyabr oxirida Yer yonidan unga xavf solishi mumkin bo‘lgan, o‘lchami 370 metrdan 820 metrgacha bo‘lgan asteroid uchib o‘tadi. E'tiborlisi, asteroid foydali qazilmalarga boy bo‘lib, ularning umumiy qiymati 17,4 mlrd dollarga baholanmoqda.

NASA’ning Yer atrofidagi obektlarni o‘rganish markazi saytida ma'lum qilinishicha, 153201 (2000 WO107) asteroidi sayyoramizga 29 noyabrda yaqinlashadi. Bu vaqtda u bilan Yerning orasidagi masofa 4 mln kmdan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu Oy va Yer o‘rtasidagi masofadan 10 marta ko‘proq deganidir. Asteroid Yer orbitasini kesib o‘tishi sababli xavfli obekt deb hisoblanadi. 

Asteroidning spektral tahlili unda nikel, temir va kobalt moddalari borligini ko‘rsatgan. Asteroidlarning spektral tahlili va o‘lchamlari asosida undagi foydali qazilmalarning qiymatini baholovchi Asterank ma'lumotlar bazasiga ko‘ra, 153201 asteroididagi foydali qazilmalarning umumiy qiymati 17,4 mlrd dollarni tashkil qiladi. 

Avvalroq Yer yonidan kichik o‘lchamdagi asteroid rekord darajadagi yaqin masofada uchib o‘tgani ma'lum qilingandi. 13 noyabrda 2020 VT4 asteroidi Yer yonidan bor-yo‘g‘i 373 km uzoqlikda uchib o‘tgan. 

Ko‘proq yangiliklar: