BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti huzurida O‘zbekiston doimiy vakolatxonasi tashkil qilinadi

O‘zbekiston 08:37 / 20.11.2020 1156

Prezidentning “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi va Jahon oziq-ovqat dasturi huzurida O‘zbekiston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi huzurida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (QXRJ) va Xalqaro oziq-ovqat dasturi (XOOD) huzurida Rim shahridagi O‘zbekistonning doimiy vakolatxonasi tashkil etiladi.

Doimiy vakolatxona xodimlari soni 3 nafar, shu jumladan diplomatik tarkib bo‘yicha 2 nafar va ma'muriy-texnik xodimlar bo‘yicha 1 nafar etib belgilanadi.

O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doimiy vakolatxona faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi.

O‘zbekistonning Rim shahridagi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi va Xalqaro oziq-ovqat dasturi huzuridagi doimiy vakili lavozimi diplomatik martabasi, maqomi, mehnatga haq to‘lash darajasi va moddiy-maishiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisiga tenglashtiriladi.

Belgilanishicha, doimiy vakolatxona O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan yillik dastur asosida faoliyatini olib boradi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda doimiy vakolatxonani Rim shahrida joylashish manzili, uni moddiy-texnika bazasi bilan ta'minlash, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga muvofiq uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etsin va doimiy vakolatxonani tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini tasdiqlash uchun kiritadi.

Ko‘proq yangiliklar: