Armanistonda uch vazir ishdan bo‘shatildi

Jahon 20:12 / 20.11.2020 7392

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan imzolagan farmonga binoan, Armaniston mudofaa vaziri David Tonoyan ishdan bo‘shatilib, uning o‘rniga Vagarsak Arutyunyan tayinlangan. Armaniston favqulodda vaziyatlar vaziri Feliks Tsolakyan va mehnat vaziri Zaruyi Batoyan ham o‘z ishdan olingan.

Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi Ozarboyjonga qarshi jangda mag‘lubiyatni qabul qilgach, norozilik namoyishlari boshlangan va muxolif partiyalar Pashinyan iste'foga chiqishini talab qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: