Mamlakatlarning ingliz tilini bilish xalqaro reytingi yangilandi. O‘zbekiston 7 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston 17:31 / 19.11.2020 12932

EF English Proficiency Index tomonidan tuzilgan reyting dunyoning 100 ta mamlakatida umumiy 2,2 million nafar insonlarni ingliz tili bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish orqali shakllantirilgan.

EF English Proficiency Index ingliz tilini bilish indeksi hisoblanib, u yoshi katta insonlarning ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha turli mamlakatlarning keng qamrovli reytingini yuritadi. EF English Proficiency Index har yili e'lon qilinadi. Kattalar uchun ingliz tilini bilish esa muhim xalqaro o‘lchov hisoblanadi.

EF English Proficiency Index hisobotlari turli mamlakatlarda ingliz tilini o‘rganishning umumiy zaif tomonlarini aniqlaydi va uni o‘rganish uchun eng samarali strategiyalarni taklif etadi.

Bu yil 100 ta mamlakatda 18 yoshdan katta bo‘lgan turli ishtirokchilar sinovdan o‘tkazilgan. Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 26 yoshni tashkil etgan. Unda ayollar va erkaklar soni deyarli teng bo‘lgan.

EF English Proficiency Index reytingida bu yil niderlandiyaliklar 1-o‘rinda qayd etilgan. Bu mamlakat aholisi 2019 yilda ham 1-o‘rinni egallagan edi. O‘zbekiston mazkur reytingda o‘tgan yil 95-o‘rinni egallagan bo‘lsa, bu yil 7 pog‘ona yuqorilab, 88-pog‘onaga joylashdi.

EF English Proficiency Index reytingida mamlakatlar beshta ko‘rsatkich darajasi bo‘yicha taqsimlanadi. «Juda yuqori», «yuqori», «o‘rtacha», «past», «juda past» darajalarda jami 100 ta davlat ko‘rsatkichlari keltirilgan. «Juda yuqori» ko‘rsatkichga ega bo‘lganlar reytingidan 12 ta davlat joy olgan. Bular:

1. Niderlandiya

2. Daniya;

3. Finlyandiya;

4. Shvetsiya;

5. Norvegiya;

6. Avstriya;

7. Portugaliya;

8. Germaniya;

9. Belgiya;

10. Singapur;

11. Lyuksemburg;

12. JAR;

Reytingda 77-o‘rindan 100-o‘ringacha «juda past» ko‘rsatkichga ega davlatlar o‘rin olgan. O‘zbekiston 88-o‘rin bilan ular orasidan joy olgan. Reytingni Tojikiston yakunlab bergan.

Reyting mintaqalar bo‘yicha tasniflanganda, Yevropada Niderlandiya, Osiyoda Singapur, Lotin Amerikasida Argentina, Afrikada JAR, Yaqin Sharqda Eron yuqori o‘rinlarni egallagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: