Huawei o‘zining Honor brendini 15,2 milliard dollarga sotmoqda

Fan-texnika 21:15 / 10.11.2020 5855

Brendni Honor qurilmalarining asosiy distribyutori bo‘lgan Digital China kompaniyasi va Huawei bosh qarorgohi joylashgan Shenchjen shahri hukumati boshchiligidagi konsorsium sotib oladi.

Huawei’ning o‘z brendini sotish rejalari haqidagi xabarlar oktabr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. O‘shanda Huawei’ning sho‘'ba kompaniyasiga bir nechta xaridor da'vogarlik qilayotgani, bitim qiymati esa 3,7 mlrd dollarga baholanayotgani ma'lum qilingan. Huawei’ning qarori AQShning unga qarshi kiritgan sanksiyalari bilan bog‘langan. Ushbu sanksiyalar kompaniyaga smartfonlar ishlab chiqarishida jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirdi va Huawei’ni o‘z Android-qurilmalariga Google dasturlarini o‘rnatish imkoniyatidan mahrum etdi.

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Xitoy kompaniyasi bitim haqida 15 noyabrda rasman e'lon qiladi. Honor oldi-sotdidan keyin o‘z rahbariyatining katta qismini va 7 mingga yaqin xodimini saqlab qolishi hamda yaqin 3 yil ichida IPO o‘tkazishi rejalashtirilgan.  

Huawei, Honor, Digital China va Shenchjen hukumatida ushbu bitim bo‘yicha izoh berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: