Xalqaro toifadagi biznes trener Ixtiyar Dosmetov o‘zining “Qadam-baqadam” nomli kitobini keng ommaga taqdim etdi

Jamiyat 20:00 / 08.11.2020 6745

Biznes va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha o‘zbek tilidagi “Qadam-baqadam” nomli kitob bessellerga aylanayotgani va u yilning so‘ngiga qadar 100 000 nusxada chop etilishi rejalashtirilgani, shuningdek, hali nashrdan chiqmasdanoq 10 000 donasi sotilgani haqida ma'lum qilgan edik.

Biznesmen, prodyuser, xalqaro toifadagi biznes murabbiy, ICC xalqaro kasting markazi asoschisi va rahbari Ixtiyar Dosmetov (Ikhtiyar Dosmetov) ning “Qadam-baqadam” nomli ilk kitobi taqdimoti shu yilning 10 oktyabrida poytaxtimizdagi “HILTON” mehmonxonasida o‘tkazildi.

Tantanali ravishda bo‘lib o‘tgan taqdimotda yurtimizning taniqli ishbilarmonlari, biznes vakillari, mashhur san'atkorlar hamda kitob muallifining shogirdlari ishtirok etdi. Noodatiy tarzda boshlangan taqdimot tashrif buyurganlarda katta taassurot uyg‘otdi. Tadbir avvalida Ixtiyar Dosmetovni ilk mualliflik kitobi taqdimoti bilan muborakbod etish niyatida uning ustozi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov so‘zga chiqib, shogirdining yutuqlaridan xursand ekanini bildirdi va qizg‘in qutladi.

Tadbirga tashrif buyurganlarning aksariyati muallifning “Qadam-baqadam” onlayn trening kursi bitiruvchilari bo‘lib, ular uchun ustozi bilan jonli ko‘rishish o‘zgacha quvonch bag‘ishladi. Har bir shogird olgan ilmlarini o‘z sohasidagi muvaffaqiyatlari misolida amalda ko‘rsatgach, ustozga bo‘lgan intilishi va ishtiyoqi oshadi. Shu kungacha yigirma mingdan ziyod shogirdga ustozlik qilayotgan Ixtiyar Dosmetovning izdoshlari ustozini taqdimot bilan tabrikladilar va taqdimotning savol-javob qismida o‘zlarining bir nechta savollariga jonli tarzda javob oldilar. 

Taqdimotda muallif “Qadam-baqadam” kitobi ustida ishlagan ijodkorlar hamda kitob targ‘ibotida o‘z hissasini qo‘shayotgan hamkorlariga o‘z minnatdorligini bildirib, tashakkurnomalar taqdim etdi.

“Inson hayoti davomida qaysi kasbda faoliyat yuritishi yoki qanday biznes bilan shug‘ullanishidan qat'i nazar, natija ko‘rsatishi muhim. Shuni unutmang, butun dunyoga bizning natijamiz qiziq. Odamlar hayotingizda qanday natijaga erishganingizga qarab sizga hurmat va ehtirom ko‘rsatishadi. Ana shu natijalarga qanday yetib kelgansiz, bu yo‘lda nimalar qilgansiz, barchasiga ulgurdingizmi yo ulgurolmadingiz – buning hech kimga qizig‘i yo‘q. Faqat shogirdlar yo bo‘lmasa, muxlislaringizda bu narsaga qiziqish uyg‘onishi mumkin, lekin ular ham sizning darajangiz hamda yutuqlaringizga qarab baho beradilar va bu bilan faxrlanadilar. Natija – bu FAKT! Natija – bu muvaffaqiyatingizning hujjati! Agar shu narsani o‘zingiz ham tan olsangiz, demak sizda har doim natija bo‘ladi”

“Qadam-baqadam” kitobidan.

Muallif ta'kidlaganidek, har birimiz o‘z natijalarimizga ko‘proq ahamiyat berishimiz va bajarayotgan ishlarimizning davomi muvaffaqiyatga erishtiruvchi bo‘lishiga harakat qilishimiz lozim. Zero, eng muhimi ham natijalarimiz bilan muvaffaqiyatga erishishda!   

Ixtiyar Dosmetovning “Qadam-baqadam” kitobini mutolaa qilib, siz nafaqat biznes va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lasiz, balki undan joy olgan kouching savollariga javob yozib, o‘zingiz mustaqil ravishda bilimlaringizni mustahkamlab, muvaffaqiyatga erishish sirlarini qadam-baqadam o‘rganib borishingiz mumkin.

Kitob taqdimotining to‘liq videosi:

Ushbu havola orqali hozirning o‘zida kitobni xarid qiling va yorqin kelajak sari olg‘a qadam bosing!

Kitobni xarid qilish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998983009979 Tursunov Abdug‘ofur

Telegram: https://t.me/Abdugafur

+998972150255 Abdurahmonova Nigoraxon 

Telegram: https://t.me/Nigorxon

Bot orqali buyurtma qilish👇

https://wep.wf/008bv4

Instagram | Facebook | YouTube | Telegram

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: