Alfraganus'da biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyat va istiqbollar

Jamiyat 08:30 / 08.11.2020 4660

Alfraganus poytaxt tadbirkorlariga sifat jihatidan yangi turdagi tijorat ko‘chmas mulki egasi bo‘lish uchun o‘ziga xos imkoniyatni taklif etadi.

Ochiq havodagi xaridlar va dam olish maydoni formati sizga kutilmagan va o‘zgacha g‘oyalarni amalga oshirishga imkon beradi, shuningdek, kundalik dam olish va ochiq havoda vaqt o‘tkazish uchun ideal jamoat maydonini yaratadi.

Savdo mavzesi 8 funksional zonaga bo‘linadi, ularning har biri alohida tashqi dizayni bilan ajralib turadi. Har bir tematik maydon terrasa va panorama oynali turlicha formatga ega bir va ikki qavatli savdo binolarni taqdim etadi. Binolarning maydoni 15 dan 1000 kvadrat metrgachani tashkil etadi.

Loyiha kichik biznesni tashkil qilish uchun ko‘plab loyihaviy yechimlarini taklif etadi. Kafe va restoranlar, go‘zallik salonlari va spa markazlar, dorixonalar, xizmat ko‘rsatish markazlari, kiyim-kechak, poyabzal, kosmetika, parfyumeriya, esdalik sovg‘alari, bolalar uchun mahsulotlar, maishiy texnika do‘konlari, mini-banklar, aholi uchun turli xil xizmatlar – bularning barchasi hamda yana boshqa ko‘p narsalar ALFRAGANUS yirik savdo maydonida amalga oshirilishi mumkin.

Alfraganus'ning muvaffaqiyati joylarni puxta loyihalanganligi bilan bog‘liq. Standart savdo markazlari ko‘p vaqtdan beri ishbilarmonlik va shaxsiy uchrashuvlar, oilaviy kechki yig‘ilishlar, bolalar va o‘smirlarning ko‘ngilochar odatiy maskaniga aylangan.

Alfraganus dam olish va ko‘ngil ochish uchun keng ko‘lamli joyni tashkil qiladi. 118.000 kvadrat metr maydonda ulkan do‘konlar, tarmoqli do‘konlar zonasi, premium tijorat maydoni, umumiy ovqatlanish shoxobchalari – kafelardan tortib nomdor mualliflik restoranlarigacha, turli ko‘ngilochar va dam olish maskanlarini tashkil qilish mumkin.

Markaziy shahar avtomagistrali bo‘ylab qulay joylashuv mavzega kirish uchun qulaylik yaratadi. 

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: