Biogaz texnologiyalari bo‘yicha qanday loyihalar amalga oshirilyapti? Mutasaddi izoh berdi

Jamiyat 15:41 / 07.11.2020 1727

«Biogaz texnologiyasiga keladigan bo‘lsak, bu yerda ikkita katta asosiy omil bor. Birinchisi, biogaz ishlab chiqarish uchun organik xomashyo kerak. Afsuski, respublikamizda bunday xomashyo qay darajada borligi, yoki biz shunday xomashyoga boyligimizni aytolmaymiz.

Boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganganimizda biogaz ishlab chiqarish asosan yoki qandaydir o‘simlik turi, yoki juda katta miqdordagi yirik shoxli mollar chorvachilik komplekslarida amalga oshiriladi.

Bizda ham minglab boshli chorvachilik komplekslari bo‘yicha Jizzax viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlar boshlanyapti. Mana shunday miqyosdagi komplekslar rivojlangani sari biogaz texnologiyasi ham rivojlanib boradi.

Davlat tomonidan berilayotgan yordam nimadan iborat? Biogaz asosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini majburiy xarid qilish tizimi o‘rnatilgan. Aytishim mumkinki, xarid qilish narxi issiqlik elektr stansiyalari yoki  gidroelektr stansiyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan ancha yuqori. Bu biogaz ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash natijasida qilingan chora-tadbir», dedi Energetika vaziri o‘rinbosari «Energetika tizimidagi eng so‘nggi yangiliklar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan choralar» mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Ko‘proq yangiliklar: