AQShning yirik nashrlari Baydenning saylovdagi g‘alabasini e'lon qildi
AQSh prezidentlik saylovlariga demokratlar partiyasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan Jo Bayden saylovda g‘alaba qozondi. Bu haqda AQShning bir qator yirik nashrlari yozishdi.

Foto: AP /Paul Sancya
Uzoq yillardan buyon saylov natijalari tahlili bilan shug‘ullanuvchi Associated Press hisob-kitobiga ko‘ra, Bayden Pensilvaniyadagi g‘alaba hisobiga 284 ta ovoz olib, g‘olib bo‘ldi. AQSh prezidentligiga saylanish uchun esa 270 ta vakillik ovozi yetarli.
NBC hisob-kitobiga ko‘ra, Bayden Pensilvaniyadagi g‘alaba hisobiga 273 ta ovoz bilan prezidentlikka saylangan. Chunki Arizonadagi natijalar rasman yakunlanmagan. CNN ham Bayden saylovda g‘olib bo‘lganini e'lon qildi. Trampning tarafdori bo‘lgan Fox News ham Bayden saylovda g‘olib bo‘lganini tasdiqladi. Biroq Baydenning g‘alaba qozongani rasman e'lon qilingani yo‘q.
Oldinroq Jo Bayden amerikaliklarga murojaat qilib, saylovlarda g‘olib bo‘lishga shubha qilmasligini va kamida 300 ta ovoz to‘plashga ishonishini aytgandi. Tramp esa Tvitter orqali o‘zining katta farq bilan g‘alaba qozonganini yozgandi.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025