O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Iqtisodiyot 11:15 / 06.11.2020 4725

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibini, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni hamda savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport sohasidagi o‘zbek-qirg‘iz sherikligini kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, ta'lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi o‘zaro aloqalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, kelishish hamda uni amalga oshirish jarayonini jadallashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Hukumatlararo komissiya ishini hamda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi viloyatlari ma'muriyat rahbarlari kengashi faoliyatini kuchaytirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Ikki tomonlama yillik tovar aylanmasi hajmini yaqin yillarda 1 mlrd dollarga yetkazish maqsadida savdo to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro samarador hamkorlikka tayyorlik qayd etildi.

Muloqot davomida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ham ta'kidlandi, buning uchun har ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari tarkibida maxsus ishchi guruh tuzishga kelishib olindi. Ishchi guruhning diqqat markazida yuklar tashish hajmini yanada oshirish, mintaqaviy transport yo‘laklaridan foydalanish samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflarni, shuningdek, transport sektoridagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish, qo‘shma logistika markazlarini yaratish hamda avtomobil va temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: