Jahon banki ko‘magida O‘zbekistonning institutsional salohiyati oshiriladi

Iqtisodiyot 11:35 / 06.11.2020 1677

2019 yil 19 iyul kuni «Institutsional salohiyatni oshirish» loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) o‘rtasida 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 33 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratish bo‘yicha bitim imzolangan. Shuningdek, 2019 yil 23 aprelda mazkur loyiha doirasida 250 ming AQSh dollari miqdorida texnik ko‘mak bitimi imzolangan. 
 
Norma’ning yozishicha, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

«Institutsional salohiyatni oshirish» loyihasining asosiy yo‘nalishlari va ularga ajratiladigan mablag‘lar miqdori;

mazkur loyihani amalga oshirish doirasida XTU tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali.
 
Quyidagilar belgilandi:

XTU qarzi O‘zbekistonga davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish, korporativ sektorning bozor iqtisodiyotiga asoslangan faoliyatini ta'minlash uchun sharoitlarni yaxshilash, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda loyiha boshqaruvi yo‘nalishlari uchun ajratiladi;

XTU tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, shuningdek qarz bo‘yicha foiz, xizmat ko‘rsatish haqi va boshqa xarajatlarni qoplash O‘zbekistonning respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
 
Moliya vaziriga Jahon banki hamda loyihada ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda loyihaning umumiy qiymati doirasida yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar miqdorlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yoyilmasini tasdiqlash huquqi beriladi.
 
Hujjat 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: