Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qator transport vositalari utilizatsiya yig‘imidan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasi “Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Foto: Shutterstock
Tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizatsiya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator transport vositalari 2022 yil 31 dekabrga qadar utilizatsiya yig‘imini to‘lashdan ozod qilindi.
Norma’ning yozishicha, quyidagilarga utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi:
- yuk tashish uchun mo‘ljallangan, "Yevro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan shatakchi avtomobillar (TIF TN kodi 8701 20, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno), shuningdek, tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshganlari bundan mustasno);
- yuk tashish uchun mo‘ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodlari 8704 22, 8704 23) hamda maxsus mo‘ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);
- haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan, "Yevro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno);
- xalqaro tashkilotlar bilan davlatlararo, hukumatlararo bitimlarga asosan xayriya yordami maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalari.
Vazirlar Mahkamasining "G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida" 2020 yil 2 iyundagi 347-son qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjat 30.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

12:48 / 15.06.2025
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda

11:03 / 11.06.2025
Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

11:51 / 29.05.2025