Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 35 nafardan oshdi

Jahon 03:24 / 01.11.2020 3009

Turkiya g‘arbida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 37 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

Turkiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, vayronalar ostidan 103 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Avvalroq 800dan ortiq kishiga tibbiy yordam zarurligi xabar qilingandi.

Erdo‘g‘an zilziladan jabr ko‘rgan Izmir viloyatida bo‘lib turibdi.

30 oktabr kuni Turkiyaning janubi-g‘arbidagi Izmir viloyati va Gretsiyaning Samos oroli shimolida – Egey dengizi hududida kuchli zilzila ro‘y berdi. AQSh geologik kuzatuvlar xizmati zilzila magnitudasi kuchini 7 ball deb baholagan, Turkiya hukumati 6,6 ballik zilzila ro‘y berganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: