Samarqanddagi xalqaro turizm universiteti o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi

O‘zbekiston 20:00 / 31.10.2020 8893

Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ingliz tilida dars o‘ta oladigan o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi (ilmiy daraja ham inobatga olinadi):

  • «Tourism economics», «Tourism in developing economies», «Introduction to accounting», «Managing housekeeping operations», «Managing the reception and placement», «Service leadership in hospitality», «Hospitality operations management», «Managing food operations», «Managing beverage operations», «International event management», «Design and implementation of mass evens», «Cultural and heritage tourism», «Lecture and practice of tour-guide training», «Research methods in tourism, hospitality and evens», «Media relations, sponsorship and fundraising», «Recreational environment planning and management», «Travel agency operations and management», «Introduction to university life and academic writing», «Lifelong learning, personal development and career planning», «Entrepreneurship in tourism», «Hospitality and evens», «Customer behavior and sales strategies in tourism», «Math for economiss, basic statistics», «Tourism law».

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Ingliz, o‘zbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI yoki CV;
  • Mutaxassislik fanidan ingliz tilida o‘tilgan darsning 20 daqiqalik videotasviri;
  • Ilmiy maqolalar ro‘yxati;
  • DTM taqdim etgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikat yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS – 6.5, TOEFL – 575). Xorijda ta’lim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati shart emas;
  • Nomzod ta’lim sohasida eng kamida 2 yil tajribaga ega bo‘lishi, kompyuter texnikasini yaxshi egallashi, o‘z mutaxassisligi va ingliz tilini mukammal bilishi, o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni yurita olishi, zarurat tug‘ilganda xizmat safarlariga chiqishga tayyor bo‘lishi lozim.

«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti nomzodlarga quyidagilarni taklif qiladi: barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan), istiqbolli karerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati, xorij davlatlariga xizmat safarlari.

Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 17:00 gacha).

Nomzodlar info@uzbektourism.uz va hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

  • Mutaxassislik fanini ingliz tilida o‘tgan 20 daqiqalik video dars;
  • O‘zbek (yoki rus), ingliz tilidagi KPI va CV.

Murojaat uchun telefon: +998 95 411 40 23

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: