Sirdaryoda yangi mahallalar: ularga Sardoba toshqinidan zarar ko‘rgan 10 mingdan ortiq odam ko‘chadi

O‘zbekiston 12:29 / 29.10.2020 3136

Toshqindan talafot ko‘rgan 3ta tuman: Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari aholisi uchun 3ta yangi mahalla qurildi. Ular Sardoba va Mirzaobod tumanlari hududida joylashgan.

Mirzaobod tumanining Yangi O‘zbekiston mahallasida 20ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazilgan. Ular 800 xonadon uchun mo‘ljallangan.

Tumanning «Navbahor» mahallasida esa 360 xonadondan iborat 9ta ko‘p qavatli uy qurilgan.

Yana bir yangi mahalla Sardoba tumanidagi «Do‘stlik» mahallasi hisoblanadi. Uning hududida 37ta ko‘p qavatli uy joylashgan bo‘lib, 1 480 xonadonga mo‘ljallangan.

Mahallalarga ko‘chib keladigan aholi 10 mingdan ortiq. Oilalar esa 2 712tani tashkil qiladi. Yangi aholining 800dan ko‘prog‘i ishsiz fuqarolardan iborat.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bosh vazir ishtirokidagi yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligidagi ishchi guruhga hududdagi ishsizlar sonini aniqlash, ularni ish bilan ta'minlash loyihalarini amalga oshirish, oilaviy tadbirkorlikni - baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik va intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, aholi tashkil qilgan korxonalar mahsulotlarini realizatsiya va eksport qilishga ko‘maklashish topshiriqlari berildi.

Ko‘proq yangiliklar: