Singapurda koronavirusni bir daqiqada aniqlovchi qurilma ishlab chiqildi

Jahon 21:29 / 29.10.2020 2793

Ta'kidlanishicha, qurilma respirator trubka ko‘rinishida bo‘lib, organizmda koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash uchun unga puflash kerak. 

Qurilmaning 180 ko‘ngilli ishtirokidagi sinovlari u koronavirusni 90 foizdan yuqoriroq aniqlik bilan aniqlashini ko‘rsatgan. Shu bilan birga u keng qo‘llanuvchi PsR-testlardan 70 foiz arzonroq turadi. 

Tester ishlab chiqaruvchilari 2021 yil boshida mas'ul idoralardan o‘z ixtirolariga ruxsat olishga umid qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: